Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston vakillari Moskvada «Tolibon» harakati bilan muhokamaga qo‘shilishi mumkin
«Tolibon» harakatining Qatardagi rasmiy vakolatxonasi vakillari joriy yil 4 sentabr kuni Moskvaga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Qobuldagi anonim manbaning axborotiga ko‘ra, vakolatxona boshlig‘i Muhammad Abbos Stanikzayning Moskva tashrifi tasdiqlangan. Tashkil etilayotgan sammitda Rossiya vakillaridan tashqari, Xitoy, Pokiston, Eron, Afg‘oniston, Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston vakillari ham ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
Uchrashuvda Afg‘oniston masalasi atroflicha ko‘rib chiqilishi aytilmoqda. 16 iyul kuni Putinning Afg‘oniston masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov kutilayotgan sammitga qadar harakat vakillari Moskvaga taklif etilishi haqida aytgandi.
Ikki hafta avval Toshkentga tashrif buyurgan harakat vakillari hanuzgacha uchrashuv natijalari bo‘yicha izoh bermadi. Shundan so‘ng, «Tolibon» rasmiylari Indoneziyaga jo‘nab ketgandi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
14:10 / 14.05.2025