Light | 23:19 / 20.08.2018
22521
2 daqiqa o‘qiladi

Yalqovlik bo‘yicha 6 yillik rekord yangilandi

Foto: RIA Novosti / Varvara Gerte

Chernogoriyada yalqovlik bo‘yicha 6 ta musobaqa ishtirokchilari avvalgi yillarning rekordini yangilab, mukofotni teng bo‘lishib olishdi. Hech narsa qilmay yotish bo‘yicha avvalgi rekord 47 soatni tashkil qilgan. 

Musobaqalar 2012 yildan beri o‘tkazib kelinadi. Musobaqalar qoidalari oddiy: ishtirokchilar bir vaqtda choyshab ustiga yotib, o‘rnilaridan turmagan holda iloji boricha ko‘proq yotishlari kerak. Ularga yeyish, ichish va suhbatlashishga ruxsat beriladi.

Musobaqada 15 nafar chernogoriyalik va 3 nafar serbiyalik ishtirok etgan, biroq g‘oliblar faqat chernogoriyaliklar bo‘lgan.

Nikshich shahrida yashovchi Milosh Radulovich va Anjyela Dendich, podgoritsalik Milka Doderovich va tivatalik Diyana Labovich 49 soat yalqovlikdan keyin yilning eng katta yalqovi unvonini o‘zaro bo‘lishib olishga qaror qilishgan. O‘rtaga unvondan tashqari 400 yevro miqdoridagi mukofot puli ham tikilgandi.

“Biz rekordni yangilaganimiz sababli, birga o‘rnimizdan turishga va mukofotni bo‘lishib olishga qaror qildik. Men sport klubi a'zosiman va 50 km lik masofaga yuguraman. Biroq menga 50 kmga yugurishdan, 50 soat yotish qiyinroq bo‘ldi. Chunki yugurayotganingda to‘xtashing mumkin, yotganingda esa yo‘q”, deb aytgan g‘oliblardan biri Milka Doderovich.

Sobiq Yugoslaviya sarhadlarida chernogoriyaliklar ishlashni uncha xush ko‘rmaydigan millat reputatsiyasiga ega. Chernogoriyaning o‘zida bunga uncha ham qarshi chiqishmaydi va “Chernogoriyalikning 10 qoidasi” deb nomlanuvchi suvenirlar sotishadi. Unda chernogoriyaliklar turmush tarzi qoidalari hazilomuz shaklda sanab o‘tilgan. Ulardan birinchisi va asosiysi “Odam charchagan holda tug‘ilib, dam olish uchun yashaydi” deb yangraydi.

Mavzuga oid