Sport | 15:00 / 20.08.2018
6058
1 daqiqa o‘qiladi

Davit Modzmanashvili yarim finalda yutqazdi. O‘zbekistonning 2 vakili bronza uchun kurashadi

O‘zbekiston erkin kurash terma jamoasining 125 kg vazn toifasidagi vakili Davit Modzmanashvili Osiyo o‘yinlarida finalga chiqa olmadi.

U yarim finalda eronlik Parviz Hadizodaga qarshi kurashib, 8:11 hisobida (6:4, 2:7) hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Foto: Anvar Ilyasov
Foto: Anvar Ilyasov

Endi Modzmanashvili bronza medali uchun hindistonlik Sumit Sumitga qarshi gilamga chiqadi.

Foto: Anvar Ilyasov

Davit Modzmanashvili nimchorak finalda indoneziyalik Dimas Septo Anugharani 10:0, chorak finalda mo‘g‘ulistonlik Natsagsuren Zolboo ustidan 3:0 (1:0, 2:0) hisobida g‘olib chiqib, yarim finalga yetib kelgandi.

Bundan avvalroq ayollar kurashida 50 kg vazn toifasida ishtirok etuvchi Dauletbike Yaxshimuratova yarim finalda yutqazgani va bronza uchun kurashishi ma'lum bo‘lgandi.

Foto: Anvar Ilyasov

Uning medal uchun raqibi janubiy koreyalik Kim Hyungju bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid