Jamiyat | 10:29 / 20.08.2018
58945
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Dena”ga meva sotgan dehqonlar endi “Dena” ichisharmikan? 

“Dena” savdo belgisining yaqindagina tarqalgan “Meva olamiz” mazmunidagi videolavhasini birov ko‘rib, birov ko‘rmadi. Lekin barchamizni qiziqtirgan va xavotirga solgan ba'zi savollar hali ham ochiqligicha qolmoqda.

U haqiqatan ham tabiiy mevalardan tayyorlarmikan?
Agar shunday bo‘lsa, unga ishlatiladigan mevalarning sifati qay darajada?
“Dena” xodimlari-chi, o‘z mahsulotlari haqida do‘stlariga nima deyishadi? 
“Dena”ga meva sotgan dehqonlar endi “Dena” ichisharmikan? 

Keling bugun siz bilan birga shu kabi savollarga javob izlab ko‘ramiz.

“Dena” haqiqatan ham mevalardan tayyorlanadimi?

“Shubhasiz”, deydi meva ta'minoti bo‘yicha mutaxassis Ahror Mirzayev. “Biz ba'zilar o‘ylaganidek, sharbatni qandaydir kukundan tayyorlaganimizda, 2,5 million kilogramm o‘rik sotib olarmidik?” Bu yilgi rejamiz 20 million kilogramm mevani qayta ishlash, shu jumladan 10 millioni olma, 2 millioni shaftoli.”

Quloqqa chalinadigan gaplardan yana biri - dehqonlar “sok”ka eng yaroqsiz mevalarni arzon narxda sotishlari haqida. Bunga nima deysiz?

“Siz o‘sha qaysi “sok”ligini ham surishtiring.  “Dena” qanday mevalarni olishi, biz bilan ishlaydigan dehqonlar orasida yaxshi ma'lum. Oddiy qilib aytganda, biz “aksariyati yuvib, oila davrasidagi dasturxonga qo‘yilsa, ishtaha bilan qo‘l uzatish mumkin bo‘lgan mevalarni” talab qilamiz va bunga raqobatbardosh narxlarda haq to‘laymiz. Albatta, guruch kurmaksiz bo‘lmaydi. Zavodgacha yetib kelgan iste'molga yaroqsiz mevalar, barglar, shoxlar saralovchi qizlarimiz tomonidan terib tashlanadi. Sir emas, bugungi kunda ish joyimizda an'anaga muvofiq yangi kelgan shaftoli mevalaridan to‘yib yeyishimiz uchun stolimizga qo‘yilgan. Mahsulotning sifati doimiy laboratoriya nazoratida.

Shaxsan men o‘z oilamga va yaqinlarimga, ko‘z o‘ngimda tayyorlangani uchun aynan shu sharbatni ravo ko‘raman, tavsiya qila olaman”.

“Biz “Dena”ni ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘lgan kompaniyalardan, deb bilamiz. Yaxshi meva olganidan keyin, sharbat ham yaxshi chiqadi. Shuning uchun ham biz “Dena”ga ishonamiz deydi” Farg‘ona viloyatidagi bog‘bonlardan biri Egamberdi Qaxxorov.

Xullas, pishiqchilik mavsumi “Dena”da avjida. O‘rik va shaftolidan keyin navbat olma, behi va nokka ham yetib keladi. Agar o‘zimizning shirin mevalardan sharbatni ko‘nglingiz tusasa, hech ikkilanmay “Dena”ni tanlayvering.

Reklama huquqi asosida