Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston olimpiyachilarining nimchorak finaldagi raqibi ma'lum bo‘ldi
Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasida guruh bosqichiga yakun yasaldi.
Turnirda 25 jamoa 6 guruhga bo‘lingan holda pley-off uchun kurash boshlagan edi. Guruhlarda 1-2 o‘rin egalari to‘g‘ridan to‘g‘ri keyingi bosqichga yo‘l olgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin sohibi bo‘lgan oltita jamoa orasidan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega to‘rttasi ham guruhdan chiqdi. «V» va «D» guruhlarida 3-o‘rinni egallagan Tailand hamda Pokiston olimpiya termalari o‘z ishtirokini yakunlaydigan bo‘ldi.
Nimchorak finalda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston jamoasiga Hongkong olimpiyachilari raqib bo‘ladi. Uchrashuv 23 avgust, payshanba kuni Bekasi shahridagi «Sikarang» stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahsning muzaffar jamoasi chorak finalda 26 avgust kuni Eron – Janubiy Koreya juftligi g‘olibi bilan ro‘baro keladi.
Qayd etish joiz, Hongkong «A» guruhida 3-o‘rin bilan pley-offga chiqdi. Jamoa dastlabki ikki o‘yinida autsayderlarni mag‘lub etib (Laos – 3:1, Xitoy Taypeyi – 4:0), guruhda 2-o‘rinni olgan Falastin bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. So‘nggi turda esa beshlik g‘olibi Indoneziyaga imkoniyatni boy berdi – 1:3.
OSIYo O‘YINLARI
Nimchorak final
23 avgust
14:00. Falastin – Suriya
14:00. O‘zbekiston – Hongkong
17:30. Vetnam – Bahrayn
17:30. Eron – Janubiy Koreya
24 avgust
14:00. Xitoy – Saudiya Arabistoni
14:00. Indoneziya – BAA
17:30. Malayziya – Yaponiya
17:30. Bangladesh – KXDR
O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
14:22 / 26.09.2019
Tokio-2020 yo‘llanmasi tikilgan Osiyo chempionatiga qur'a tashlandi. O‘zbekiston jiddiy guruhda
22:04 / 29.05.2019
Fotoreportaj: Drulovich O‘zbekiston OTJni ilk marta Olimpiadaga olib chiqish harakatida
19:00 / 26.03.2019
O‘zbekiston milliy olimpiya jamoasi Osiyo chempionati final bosqichiga chiqdi
18:53 / 22.03.2019