Istirohat bog‘larini tashkil qilishga oid talablar belgilandi
Istirohat bog‘lari va yashil zonalarni tashkil etish metodologiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Tasdiqlangan nizomga muvofiq istirohat bog‘lari aholi punktlarining bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari asosida tashkil etiladi.
Istirohat bog‘lariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
• yuqori texnologik, zamonaviy asbob uskunalar, texnologiyalar va attraksionlar bilan jihozlanganlik;
• zamonaviy landshaft dizaynining ko‘llanilganligi;
• favvoralarni qurish;
• velosiped yo‘lakchalari, bolalar attraksionlari va oilaviy dam olish obektlarini obodonlashtirish;
• madaniy-dam olish xizmatlaridan foydalanish tizimining mavjudligi.
Istirohat bog‘lari hududlarida oilaviy dam olish obektlari, yozgi teatrlar, lektoriylar, o‘qish zallari va kutubxonalar, attraksionlar, raqs zallari, tirlar va boshqalar faoliyat yuritishi lozim
Shahar o‘rmonlari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, shahar bog‘lari, piyoda yurish uchun mo‘ljallangan xiyobonlar yashil zonalar tarkibiga kiradi.
Istirohat bog‘ini tashkil etishda ishtirok etishni istagan xususiy sherik o‘zi haqidagi ma'lumotlar, loyihani amalga oshirish maqsadlari, taxmin qilinayotgan obekt yoki yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar ilova qilingan arizani davlat sherigiga taqdim etadi.
Ariza 10 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Davlat sherigi hudud aholisi ehtiyojlaridan, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan takliflarni o‘rganish natijalari asosida tanlov e'lon qiladi. Tanlov boshlanishidan avval 30 kalendar kun mobaynida tanlov savdolarini o‘tkazish to‘g‘risidagi ma'lumotlar e'lon qilinadi.
Tanlov komissiyasi tomonidan ijobiy tavsiflangan xususiy sherik o‘n ish kuni mobaynida ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimi tuzadi.
Mavzuga oid
09:00 / 18.09.2024
Tovar-xomashyo birjalari uchun yangi talablar belgilandi
12:40 / 20.07.2024
Turizm sohasidagi faoliyatga qo‘yiladigan talablar soddalashtirildi
07:51 / 07.10.2023
1 noyabrdan Umra tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha yangi talablar kuchga kiradi
13:07 / 24.02.2023