Sport | 15:20 / 20.08.2018
3572
1 daqiqa o‘qiladi

Taekvondo. Nigora Tursunqulova yarim finalda yutqazdi va bronza bilan kifoyalandi

O‘zbekiston taekvondo jamoasining -67 kg vazn toifasidagi a'zosi Nigora Tursunqulova Osiyo o‘yinlari finaliga chiqa olmadi.

Yarim final bahsida janubiy koreyalik Kim Jandiga qarshi dayanga chiqqan Tursunqulova 4:14 (0:2, 2:6, 2:6) hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov
Foto: Hasan Pirmuhammedov

Unga endi bronza medal topshiriladi.

Nigora Tursunqulova nimchorak finalda hongkonglik Lo Vai In Vinsini, chorak finalda makaolik Liu Qingni mag‘lub etgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid