Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada elchixonalar qo‘riqlanishi kuchaytirildi
Turkiya hukumati Anqaradagi AQSh elchixonasi o‘qqa tutilgandan keyin elchixonalar va diplomatik vakolatxonalarda xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Hami Aqsoya ma'lum qildi.
AQSh elchixonasi 20 avgust soat 5.30da oq rangdagi yengil avtomobilda bo‘lgan noma'lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutilgandi. Elchixonaga 6 ta o‘q uzilgan. O‘qlar elchixona qo‘riqchilari xonasining temir eshigiga va oynalariga tekkan. Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalinning aytishicha, Anqara AQSh elchixonasining o‘qqa tutilishini qoralab, uni tartibsizlik chiqarishga urinish deb baholagan.
Ma'lum qilinishicha, hujumga aloqadorlikda gumon qilinayotgan bir kishi qo‘lga olingan. Turkiya huquq-tartibot idoralari qolgan jinoyatchilarni aniqlash va voqea tafsilotlarini o‘rnatish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025