Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati tartibga solinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan quyidagilar:
hunarmandchilik sub'yektlari tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar va tovarlarning (ish, xizmat ko‘rsatishning) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5242-son Farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlagan ro‘yxatga aniq mos kelishi;
“Hunarmand” uyushmasiga a'zo bo‘lishni istagan jismoniy shaxsning mustaqil ravishda yoki shogirdlari yordamida hunarmandchilik faoliyati buyumlari yoki tovarlari (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlash uchun yetarli malakaga ega bo‘lishi;
hunarmandning shogirdlari soni yuqorida qayd etilgan Farmonning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan ro‘yxatda ko‘rsatilgan hunarmandchilik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan miqdordan oshmasligi;
hunarmandchilik sub'yektlari tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar va tovarlarning (ish, xizmat ko‘rsatishning) tarixan qaror topgan milliy an'analarga mosligi, shuningdek zamon talablariga javob berishi hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirishning asosiy mezonlari etib belgilandi.
Davlat soliq qo‘mitasi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda:
“Hunarmand” uyushmasiga a'zo bo‘lgan hunarmandchilik sub'yektlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘zaro elektron axborot almashinuvi tizimini ikki oy muddatda yo‘lga qo‘yadi;
hunarmandlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan ro‘yxat bo‘yicha hunarmandchilik faoliyati turlariga muvofiq bo‘lmagan faoliyat turlarini amalga oshirish holatlari aniqlangan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ushbu huquqbuzarlik aniqlangan kalendar oyidan e'tiboran amalga oshirilgan faoliyat turi bo‘yicha qonunchilikda belgilangan stavkalarda undirish choralarini ko‘radi.
“Hunarmand” uyushmasiga, qonunchilikda belgilangan hunarmandchilik yo‘nalishlariga zid faoliyat turi bilan shug‘ullangan holda soliq imtiyozlaridan foydalangan shaxslarning “Hunarmand” uyushmasiga a'zoligi masalasi uyushma tomonidan ko‘rib chiqilishi tavsiya etildi.
“Hunarmand” uyushmasiga:
“Usta-shogird” maktablari asosida shogird sifatida biriktirilgan shaxslarga berilgan shogirdlik guvohnomasi orqali ularning hisobini yuritish mexanizmini joriy etish va shu orqali milliy hunarmandchilik an'analari asosida tahsil olayotgan shogirdlarning yagona milliy bazasini shakllantirish;
“Usta-shogird” maktablarida tahsil olayotgan hamda guvohnomaga ega bo‘lgan shogirdlar to‘g‘risida hududiy mehnat organlarini xabardor qilinishi tizimini yaratish;
hunarmandchilik faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha shogirdlarni tayyorlash malaka talablari va o‘qitish muddatlarini belgilash tavsiya etiladi.
Mavzuga oid
15:42 / 29.06.2024
“Elektroset” ogohlantirmasdan svetni o‘chirsa, javobgarlikka tortish taklif etilmoqda - biznes ombudsman
08:08 / 10.06.2024
Toshkentda tadbirkorning 325 mln so‘mini o‘zlashtirgan ekspeditor aniqlandi
19:38 / 08.06.2024
Yakuniy benefitsiarlarni ochiqlash haqidagi qonun taqdiri nima bo‘ldi?
08:44 / 06.06.2022