Sport | 20:47 / 21.08.2018
3586
1 daqiqa o‘qiladi

Pro-ligada navbatdagi tur o‘yinlarini o‘tkazildi - Qurbon hayiti, umumxalq bayrami kuni!

Bugun, 21 avgust kuni O‘zbekistonda Qurbon hayiti bayrami nishonlanayotganiga qaramay, Pro-liga V guruhida 22-tur o‘yinlari o‘tkazildi. 

Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

Pro-liga, V guruhi
21 avgust (seshanba)
«Sherdor» - «G‘ijduvon» 5:1
«Nurafshon» - «Zomin» 1:2
«Iftixor» - «Yozyovon» 3:2

«Labsa» va «Xotira-79» o‘yini mehmonlarning kelmagani sababli o‘tkazilmadi. Endi ularga 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yoziladi.

V guruhida Toshkent viloyatining «Nurafshon» klubi 37 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid