Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimligi tadbirkorlarga taklif bilan chiqdi
Toshkent shahar hokimligi barcha tadbirkorlar va investorlarni 135 ta xususiy maktabgacha ta'lim muassasasi va 60 ta xususiy maktab qurish uchun tanlovda ishtirok etishga taklif etadi. Hokimlik matbuot xizmatida shu haqida xabar berildi.
Poytaxt hokimligi tanlov g‘oliblariga xususiy maktabgacha ta'lim muassasasi va maktablar qurish uchun umumiy maydoni 2000 m2 gacha bo‘lgan yer maydonlarini doimiy foydalanishga ajratib beradi.
Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:
- Qurilish ishlarini 2018 yilning 31 dekabriga qadar yakunlash;
- Tashabbuskor hisob raqamida 5,0 mlrd. so‘m mablag‘ bo‘lishi;
- Ajratib berilgan yer maydonidan maqsadli foydalanish.
Manbada barcha tadbirkorlar, investorlar o‘z takliflarini 2018 yilning 31 avgustiga qadar quyidagi manzil bo‘yicha yuborishi so‘raladi.
Telefon: +998 98 309 84 48
Elektron manzil: [email protected], [email protected]
Mavzuga oid
14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?
18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi
15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi
14:01 / 13.02.2025