Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiyadagi xalqaro harbiy mashg‘ulotlarga o‘z kuzatuvchilarini jo‘natdi
Chelyabinsk viloyatining Chebarkul shahri yaqinidagi poligonda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar qurolli kuchlarining “Tinch missiya - 2018” qo‘shma antiterror qo‘mondonlik-o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.
Rossiya OAVning ma'lumot berishicha, mashg‘ulotlarda Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston qurolli kuchlarining piyoda qo‘shinlari va aviatsiya bo‘linmalari, harbiy boshqaruv organlari ishtirok etadi. O‘zbekiston vakillari mashg‘ulotlarda kuzatuvchi sifatida qatnashadi. "Tinch missiya - 2018" mashg‘ulotlariga ShHT davlatlarining 3 mingga yaqin harbiy xizmatchilari va 500dan ortiq texnikasi jalb etiladi.
Harbiy mashg‘ulotlar 22 avgust kuni boshlanadi va bir hafta davom etadi.
Mavzuga oid
09:11 / 23.05.2025
Ukraina Yevroittifoqqa qurolli kuchlarini bevosita moliyalashtirishni taklif qildi
10:10 / 11.10.2024
NATO Yevropada yillik yadroviy mashg‘ulotlar boshlanishini e’lon qildi
07:55 / 14.09.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston havo hududi himoyasi bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazdi
10:30 / 11.09.2024