Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akademik eshkak eshish. O‘zbekistonliklar kumush medalni qo‘lga kiritishdi
Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining oltinchi kunida bahslar davom etmoqda.
Akademik eshkak eshish bo‘yicha sakkiztalik bahslarda startga chiqqan sportchilarimiz marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelishdi va kumush medalni qo‘lga kiritishdi.
Jiu-jitsu. –56 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etayotgan sportchilarimiz g‘alaba bilan boshlashdi. Doston Ro‘ziyev mo‘g‘ulistonlik Byaanduren Gantumurni 4:0, Akmal Amirov esa iroqlik Muhammad Ismoilni 4:0 hisobida mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqdi.
Akademik eshkak eshish bo‘yicha to‘rtlik bahslarida ishtirok etgan sportchilarimiz finalda to‘rtinchi o‘rinni egallashdi.
Suzishda Vladislav Mustafin 50 metrga bras suzish bahslarida uchinchi natija bilan finalga yo‘l oldi.
Penchak Silat musobaqalarida Abdumalik Salimov ilk jangida eronlik Muhammad Rahimbalani 3:0 hisobida mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi.
Akademik eshkak eshish. Shahboz Xolmurzayev yakkalik bahslarida chiqish qildi va to‘rtinchi bo‘lib marraga yetib bordi. Afsuski, kuchli uchlikka kirish uchun unga biroz omad yetishmadi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025