Jahon | 00:49 / 24.08.2018
17257
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘istonga banan qutilari orasida yo‘ltanlamas olib kirilmoqchi bo‘ldi
Yuk mashinasi haydovchisi Rossiyaning Volgogradidan Chimkentga Range Rover Vogue yo‘ltanlamasini banan qutilari orasiga yashirgan holda olib kirmoqchi bo‘ldi.
Jip Iveco Stralis yuk mashinasi Volgograd viloyati tumanlaridan birida chegara nazoratidan o‘tayotganda aniqlangan. Yuk mashinasi tirkamasida qora rangli Range Rover Vogue aniqlangan. U banan qutilari orasiga yashirilgan bo‘lgan.
Haydovchida kontrabanda qilinayotgan avtomobil uchun hujjat bo‘lmagan. Mashina kim uchun mo‘ljallangani noaniq. Haydovchi politsiyaga topshirilgan.