Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHTga a'zo davlatlar adliya vazirlari qo‘shma bayonot imzoladi
Cho‘lpon-Otada ShHTga a'zo davlatlar adliya vazirlarining VI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Kabar».
Unda Hindiston huquq va adliya vaziri o‘rinbosari S. Chandra, Qozog‘iston adliya vaziri M.Beketayev, Xitoy adliya vaziri o‘rinbosari Yuan Shuxung, Pokistonning Qozog‘istondagi elchisi Imtiyoz Ahmad Qozi, Rossiya adliya vaziri A. Konovalov, Tojikiston adliya vaziri R.Shohmurod va O‘zbekiston adliya vaziri R. Davletov ishtirok etdi.
ShHTga a'zo davlatlar adliya vazirlari ShHTning 2025 yilgacha rivojlanish Strategiyasiga muvofiq adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan qo‘shma bayonotni imzoladilar.
Hujjatga asosan, ShHTga a'zo davlatlar adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik ShHT Xartiyasi, Uzoq muddatli qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma, ShHTning 2025 yilgacha rivojlanish Strategiyasiga muvofiq holda rivojlantiriladi.
Tomonlar adliya vazirliklari o‘rtasidagi munosabatlar, jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik xizmatlar ko‘rsatish mexanizmini takomillashtirish va sud-ekspertiza faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish ustuvor vazifa ekanligini qayd etishdi.
Adliya vazirlari tomonidan xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalari va ShHT doirasida qabul qilingan xalqaro shartnomalar asosida xalqaro xavfsizlikka tahdidning tarqalishining oldini olish muhim ekanligi ta'kidlandi. Shuningdek, sud-ekspertiza faoliyati va yuridik xizmatlar bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etish zarurligi qayd etildi.
Mavzuga oid
16:50 / 01.01.2025
Suriya adliya vaziri: Jinoyatga aloqadorlarning barchasi mustaqil sud oldida javob beradi
12:38 / 24.12.2024
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
21:44 / 19.11.2024
Kanadada sobiq adliya vaziriga suiqasdning oldi olindi
22:11 / 19.07.2024