Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yildan boshlab byudjyet qonun bilan tasdiqlanadi
Byudjyet ma'lumotlarining ochiqligini va byudjyet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq:
2020 yildan boshlab byudjyet qonun bilan tasdiqlanadi;
2019 yildan boshlab byudjyet mablag‘larining kamida 10 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltiriladi.
“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlari loyihalari hamda ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilinadi.
2019 yil 1 yanvarga qadar byudjyet xarajatlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun “Ochiq byudjyet” axborot portali ishga tushiriladi. Unda davlat byudjyeti, soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari, byudjyet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar va Hisob palatasi xulosalari e'lon qilinadi.
Portal orqali fuqarolar bilan qayta aloqa tashkil etiladi va fuqarolar byudjyet qonunchiligini buzish holatlari to‘g‘risida xabardor qilish, byudjyet jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish imkoniga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025