Jahon | 08:52 / 25.08.2018
12127
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp bosh prokurorga Klinton bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda Qo‘shma Shtatlar bosh prokurori Jyeff Seshnsni sobiq davlat kotibi Xillari Klintonga nisbatan surishtiruv ishlarini boshlashga chaqirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Seshns Klinton fondi faoliyati va Rossiya hamda demokratlar o‘rtasidagi «til biriktirish»ni tekshirishi kerak.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh bosh prokurori Klintonning «masofadan turib amalga oshirgan yozishmalarini» ham o‘rganishi kerak.

Trampning ta'kidlashicha, Seshns o‘zining saylov kampaniyasini «noqonuniy kuzatish» bo‘yicha holatni diqqatlik bilan o‘rganib chiqishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp 2016 yilgi saylovlardagi yagona xatosini aytgandi

Mavzuga oid