Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlarida 26 avgust kuni qatnashuvchi sportchilarimiz ro‘yxati
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining 26 avgust kunidan o‘rin olgan musobaqalarida 18 nafar sportchilarimiz yakkalik va jamoa holda 7 sport turi bo‘yicha bahs olib borishadi.
Musobaqalar, ularning Toshkent vaqti bilan boshlanish soatlari hamda unda ishtirok etuvchi sportchilar bilan tanishtiramiz.
Yengil atletika.
- Ye.Smolyanova. Yadro uloqtirish. 16:30
- N.Sharipova. 100 m.ga yugurish. Yarimfinal. 16:30. Final. 19:10
- S.Xodjayev. Bosqon uloqtirish. Final. 18:35
Golf. 04:00 – 16:00
- K.Kubanaliyev, S.Chen, R.Ten, Ye.Li. Jamoaviy final bosqichi
Karate. WKF
- S.Saymatov. 60 kg. Saralashdan – finalgacha. 08:30 – 10:00, 10:00 – 11:00
- I.Uzoqov. 67 kg. Saralashdan – finalgacha. 12:00 – 13:30, 15:00 – 16:00
- B.Mirzayeva. 61 kg. Saralashdan – finalgacha. 13:30 – 15:00, 19:00 – 20:00
Jiu-jitsu. 07:00 – 10:30, 13:00 – 15:00
- M.Sharipov, U.Otamurodov. 77 kg. Saralashdan – finalgacha
Boks
- J.Latipov. 52 kg. Nimchorak final. 11:00
- Sh.Abdurasulov. 60 kg. Nimchorak final. 12:30
- B.Baturov. 69 kg. Nimchorak final. 18:45
Penchak silat
- Abdumalik Salimov. 65 kg. Yarimfinal. 08:00
Og‘ir atletika
- Omadoy Otaqo‘ziyeva. 75 kg. Final. 12:00
- Ruslan Nuriddinov. 105 kg. Final. 15:00
25 avgust kuni bo‘lib o‘tgan oltinchi kungi musobaqalarda tennischimiz Denis Istomin finalda xitoylik Vu Yibingga qarshi kortga chiqib, taybrekda g‘alaba qozondi — 2:6, 6:2, 7:6.
U O‘zbekiston tennis jamoasi safida Osiyo o‘yinlarida medal olgan yagona sportchi bo‘ldi.
Istominning medali O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi beshinchi oltin medal bo‘ldi. Ayni vaqtda Osiyo o‘yinlari umumiy reytingida O‘zbekiston delegatsiyasi 5 oltin, 10 kumush va 7 bronza bilan o‘ninchi o‘rinda joylashgan.

Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025