Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bu futbol o‘ynaydigan joy emas». «Barselona» Valyadoliddagi stadion holati bo‘yicha shikoyat topshirdi
«Barselona» La Ligaga Valyadoliddagi «Xose Sorrilya» stadioni gazoni holati yuzasidan shikoyat qildi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Kataloniyaliklar Ispaniya chempionati 2-turi doirasida «Valyadolid»ga qarshi safar o‘yinida 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ammo o‘yin davomida kataloniyalik futbolchilar maydondagi qoniqarsiz holat tufayli o‘z o‘yinlarini namoyish eta olishmadi. Uchrashuv davomida ko‘p martalab maydondagi gazon joyidan qo‘porilib ketdi.
La Liga rahbari Xaver Tebas ushbu holat o‘rganilishini ma'lum qildi. Endi jamoaga nisbatan sanksiya qo‘llanishi mumkin.
«Bu futbol bahsi o‘tkaziladigan joy emas. Biz bu holat yuzasidan tegishlicha intizomiy ish ochamiz», — degan Tebas.





Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025