Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda davlat soliq xizmati xodimlari maxsus beyjik taqib yurishadi
Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan viloyatda davlat soliq xizmati xodimlarining bir xil ko‘rinishdagi beyjiklarni taqib yurishlari yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu yangilik viloyatda davlat soliq xizmati xodimlarining «Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori» degan maqsadli vazifani so‘zsiz bajarishlari uchun yo‘lga qo‘yildi.
Soliq to‘lovchilar, ushbu beyjikka qarab davlat soliq xizmati xodimining nomi, familiyasi, otasining ismi, ish joyi, guvohnoma raqamini bilib olishlari mumkin.
Shuningdek, undan davlat soliq xizmati xodimining oilaviy surati ham o‘rin olgan. Ushbu surat davlat soliq xizmati xodimiga farzandlari va oilasi uni umid bilan kutib turganini har lahza eslatib turadi. Bu esa xodimlarning munosib xulq-atvorda bo‘lishini ta'minlash, tizimga dog‘ tushiruvchi turli salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilishining oldini olishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Bir so‘z bilan aytganda, yo‘lga qo‘yilgan ushbu yangilik viloyatda davlat soliq xizmati xodimlariga korporativ etikani singdirish, davlat soliq xizmati organlarining strategik maqsad va vazifalariga erishish uchun o‘z xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
11:43 / 03.05.2025
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona
10:57 / 23.01.2025
Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi
20:43 / 27.12.2024
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
12:33 / 13.12.2024