Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya O‘zbekistonga kosmik sohani rivojlantirishga yordam beradi
Oliy Majlis Senat raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiyaga tashrifi davomida Thales Alenia Space kompaniyasi vitse-prezidenti E.Imbert bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida O‘zbekistonda kosmik sohasini rivojlantirishda o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama etildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Thales Alenia Space kompaniyasining kosmik sun'iy yo‘ldoshlarini yig‘ish bo‘yicha ishlab chiqarish obektlarida bo‘lishdi.
Fransiya kompaniyasi mahalliy kosmik ilm-fanini rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish va mamlakatni innovatsion rivojlantirishda uning yutuqlaridan keng foydalanish hamda bu sohadagi xalqaro hamkorlikni kengaytirishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.
Tomonlar kompleks kosmik tizimlarga oid loyihalarni birgalikda amalga oshirish, shu jumladan O‘zbekiston hududida mahalliy mutaxassislarni o‘qitish uchun texnologik baza faoliyatini tashkil qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.
Thales Group – Fransiyaning aeronavtika, kosmos, mudofaa, sun'iy yo‘ldosh texnologiyalari va havo harakatini boshqarish sektorlaridagi yetakchi xalqaro sanoat kompaniyalaridan biri. Dunyoning 56 mamlakatida kompaniya faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Xodimlarning umumiy soni - 64 ming kishidan ziyod. O‘rtacha yillik aylanma 16 milliard yevroga yaqin. Thales Group O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasiga ega.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025