Osiyo o‘yinlari. Karatechilarda yana bir medal uchun imkoniyat bor
O‘zbekiston karate jamoasining -61 kg vazn toifasidagi vakili Barno Mirzayeva nimchorak va chorak finallardan muvaffaqiyatli o‘tib, yarim final bahslarida ishtirok etdi.
U dastlab qirg‘izistonlik Kimbat Toytonovaga qarshi tatamiga chiqib, 8:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Keyingi bosqichda esa Xitoy Taypey vakili Xsu Veyning 3:0 hisobida mag‘lub etildi.
Ammo Mirzayeva yarim finalda eronlik Rozita Alipurkeshkaga mag‘lub bo‘ldi.
Endi u bronza medal uchun bahslarda ishtirok etadi. Uning medal uchun raqibi tailandlik Arm Sukkiav bo‘ladi.
-67 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan karatechi Iqboljon Uzoqov nimchorak finalda Saudiya Arabistoni vakili Fahad Alxatamiga 1:4 hisobida yutqazib qo‘ydi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Biroz avvalroq O‘zbekiston karate jamoasining -60 kg vazn toifasidagi vakili Sadriddin Saymatov Osiyo o‘yinlari bronza medali sovrindoriga aylangandi.
Mavzuga oid
13:21 / 04.11.2023
O‘zbekiston karate assotsiatsiyasi tashkil qilinadi
12:02 / 21.10.2023
Karate milliy federatsiyasi negizida O‘zbekiston karate assotsiatsiyasi tashkil etiladi
07:29 / 24.09.2022
O‘zbekiston milliy karate federatsiyasiga yangi rahbar saylandi
07:41 / 18.07.2022