Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlari. Og‘ir atletikada birinchi kumush medal, bugun Ruslan Nuriddinov ham tosh ko‘taradi
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Omadoy Otaqo‘ziyeva Osiyo o‘yinlari kumush medali sovrindoriga aylandi.
75 kg vazn toifasida ishtirok etgan Otaqo‘ziyeva 237 kg natija qayd etib (dast ko‘tarishda 101, siltab ko‘tarishda esa 136), ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rin shimoliy koreyalik Rim Jong Simga nasib etdi, u 258 kg natija ko‘rsatdi. Uchinchi o‘rinni 236 kg natija bilan janubiy koreyalik Mun Minhi egalladi.
Bugungi bahslarda 105 kg vazn toifasida Ruslan Nuriddinov ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 25taga yetdi - 5 oltin, 11 kumush va 9 bronza. O‘zbekiston hamon umumiy reytingda 10-o‘rinda qolmoqda.

Mavzuga oid
16:48 / 31.01.2025
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi
20:45 / 15.03.2024
Erkaklar va ayollar o‘rtasida mahalla futbol terma jamoalari tuziladi
08:53 / 07.12.2023
Og‘ir atletika bo‘yicha Ruslan Nuriddinov sport markazi tashkil etiladi
15:23 / 04.12.2023