Sport | 12:00 / 26.08.2018
5325
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. Sadriddin Saymatov O‘zbekistonga yana bir bronza medal olib berdi

O‘zbekiston karate jamoasining -60 kg vazn toifasidagi vakili Sadriddin Saymatov Osiyo o‘yinlari bronza medali sovrindoriga aylandi.

Bronza uchun bahsda u vetnamlik Nguen van Haiga qarshi tatamiga chiqib, 8:1 hisobida g‘alaba qozondi va O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bitta medal qo‘shib qo‘ydi.

Foto: Kun.uz

Saymatov nimchorak finalda qozog‘istonlik Darxon Assadilovni, chorak finalda saudiya arabistonilik Sulton Jamal Alzahroniyni mag‘lub etgandi. Ammo u yarim finalda eronlik tajribali sportchi Amir Mahdizodaga 6:7 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Bugungi bahslarda o‘zbekistonlik yana ikki karatechi ishtirok etadi. Dastlab -61 kg vazn toifasida Barno Mirzayeva qirg‘izistonlik Kimbat Toytonovaga qarshi tatamiga chiqsa, -67 kg vazn toifasida Iqboljon Uzoqov saudiya arabistonilik Fahad Alxatami bilan kuch sinashadi.

Foto: Kun.uz

Ayni vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 24taga yetdi - 5 oltin, 10 kumush va 9 bronza. O‘zbekiston hamon umumiy reytingda 10-o‘rinda qolmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid