Sport | 16:10 / 26.08.2018
8649
1 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonda yana bir bronza

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston karate jamoasining -61 kg vazn toifasidagi vakili Barno Mirzayeva Osiyo o‘yinlarida bronza medali sovrindoriga aylandi.

U nimchorak va chorak finallardan muvaffaqiyatli o‘tib, yarim finalda yutqazgandi.

Mirzayeva bronza medal uchun kechgan bahsda tailandlik Arm Sukkiavni mag‘lub etdi va O‘zbekiston hisobiga 10-bronza medalni keltirdi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 26taga yetdi - 5 oltin, 11 kumush va 10 bronza. O‘zbekiston hamon umumiy reytingda 10-o‘rinda qolmoqda.

Mavzuga oid