Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple sentabrda iPhone’ning uchta yangi modelini taqdim qiladi
Apple o‘z mahsulotlarining sentabrdagi taqdimoti doirasida iPhone’ning 3 ta yangi modelini taqdim qiladi. Bloomberg axborot agentligi manbasining ma'lum qilishicha, yangi qurilmalar dizayni iPhone X bilan o‘xshash bo‘ladi, biroq bir qator yangi funksiyalarga ega bo‘ladi, o‘lchamlari va narxi bilan farq qiladi. Barcha uch model imo-ishoralar bilan boshqarish va Face ID tizimlari bilan jihozlanadi.
Yangi modellardan biri (ishchi nomi D33) 6,5 dyuymli displeyga ega bo‘ladi. Qurilma ikkita kamerali oynavand orqa panel va zanglamaydigan po‘latdan ramkaga ega bo‘ladi.
Yana bir model (ishchi nomi D32) 5,8 dyuymli OLED-ekran, uchinchi model (ishchi nomi N84) 6,1 dyuymli suyuq kristalli ekran bilan jihozlanadi.
Tahlilchilarning ta'kidlashicha, 6,1 dyuymli smartfonda arzonroq komponentlar, jumladan po‘lat o‘rniga alyuminiydan ishlangan ramka qo‘llanadi.
Mavzuga oid
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
09:03 / 21.04.2025