Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy o‘zining birinchi aviatashuvchisi yangi sinovlarini boshladi
Xitoyning o‘zida ishlab chiqarilgan birinchi aviatashuvchisi dengizdagi hisob bo‘yicha ikkinchi sinovga jo‘nab ketdi. Bu haqda Global Times xabar bermoqda.
Aviatashuvchi Dalyandagi verfdan (kemalar quriladigan yoki remont qilinadigan korxona) shatakchi kema hamrohligida chiqib ketgan. Xabar qilinishicha, ikkinchi sinovlar vaqtida birinchisida topilgan muammolarga e'tibor qaratiladi.
Bundan tashqari, kemaning navigatsiya va energetika tizimlari ishi sinovdan o‘tkaziladi. Kutilishicha, keyinchalik sinovlarda qiruvchilar hamda vertolyotlar ham ishtirok etadi.
Aviatashuvchining birinchi sinovi shu yilning may oyida bo‘lib o‘tdi.
Hozirgacha Xitoyda faqat bitta aviatashuvchi bor edi. U 1990-yillar oxirida Ukrainadan 25 million dollarga sotib olingan «Varyag» eski sovet og‘ir aviatashuvchi kreyseri asosida qurilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025