O‘zbekiston | 08:05 / 27.08.2018
2568
2 daqiqa o‘qiladi

Madaniyat muassasalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda elektron tizim joriy etiladi

Foto: Depositphotos

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Jamg‘arma, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:

madaniyat va san'at muassasalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda Chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimini (keyingi o‘rinlarda – ChOYaET) joriy etish va uning ishlash tartibini belgilash;

ChOYaETga ulangan respublika madaniyat va san'at muassasalari tomonidan chiptalarni sotish, hisobga olish va tasdiqlash avtomatik tizimlaridan majburiy foydalanish;

elektron chiptalarni chipta apparatlari va avtonom bosma uskunalardan foydalanib, elektron chiptalarni, shu jumladan chipta tarqatuvchi yuridik shaxslar tomonidan vositachilik shartnomalari asosida erkin muomalaga chiqarish va realizatsiya qilish uchun huquqiy asoslar yaratish;

elektron chiptalar rekvizitlariga, shuningdek, madaniyat va san'at muassasalarining elektron chiptalarni muomalaga chiqarish, hisobga olish va tasdiqlash uchun foydalanadigan moddiy-texnik bazasiga eng kam talablarni joriy etish;

ChOYaET doirasida chiptalarni realizatsiya qilish bo‘yicha operatsiyalarni himoya qilishga, chiptalarni keyinchalik balandroq narxda qayta sotish uchun yoppasiga sotib olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka doir choralarga eng kam talablarni joriy etish;

ChOYaET doirasida chiptalarni sotishdan tushgan tushumdan ChOYaETni saqlash, shuningdek, Renovatsiya dasturida va “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Jamg‘armaga yuboriladigan yig‘im joriy etish.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid