Jahon | 15:50 / 27.08.2018
20318
1 daqiqa o‘qiladi

Makkeyn Bush va Obamaga o‘z dafn marosimi bo‘yicha iltimos bilan chiqqan

Foto: AP

AQSh senatori Jon Makkeyn Qo‘shma Shtatlar sobiq prezidentlari - Barak Obama va Jorj Bushdan o‘z dafn marosimida nutq so‘zlashni iltimos qilgan. Bu haqda CBS News telekanali xabar bermoqda.

Amerikalik senator Makkeyn 25 avgust kuni Arizona shtatida 81 yoshida miya saratoni tufayli vafot etdi. Obama va Bush Vashington kafedral ibodatxonasidagi dafn marosimida nutq so‘zlaydi, deyiladi materialda.

Makkeynning o‘limidan keyin Bush senatorni «chuqur ishonchga ega, vatanparvar inson» deb atagan. O‘z navbatida, Barak Obamaning ma'lum qilishicha, Makkeyn jasorat va qat'iylik ko‘rsatgan.

Associated Press agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh vitse-prezidenti Mayk Penc ham dafn marosimida qatnashadi.

Mavzuga oid