Jahon | 19:39 / 27.08.2018
7419
1 daqiqa o‘qiladi

Paragvayda qurol-yarog‘ omboridan 42ta miltiq o‘g‘irlanib, o‘rniga o‘yinchoq qurol qo‘yib ketilgani ma'lum bo‘ldi

Foto: ABC

24 avgust kuni Paragvay politsiyasi noma'lum shaxslar Kapiata shahridagi qurol-yarog‘ omboridan 42 dona FN FAL vintovkasini o‘g‘irlab ketishganini xabar qildi. O‘g‘rilar jinoyat sezilmasligi uchun haqiqiy qurollar o‘rniga o‘yinchoq miltiqlarni qo‘yib ketishgan.

Ushbu qurollar zamonaviylariga almashtirilgani uchun qurol-yarog‘ omboriga topshirilgandi. Ammo o‘tgan yili qora bozorda bir nechta FN FAL miltiqlari sotilayotgani ma'lum bo‘lgan.

Politsiya surishtiruv ishlarini boshladi va tekshiruv chog‘ida haqiqiy qurollar o‘rnida o‘yinchoq qurollar turgani ma'lum bo‘ldi. Mahalliy OAV bu voqeani Paragvay politsiyasi tarixidagi «eng sharmandali holat» deb atadi.

Mavzuga oid