Jahon | 07:55 / 27.08.2018
9071
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp marhum Makkeyn maqtalgan bayonotni chop etmaslikka ko‘rsatma bergani ma'lum qilindi 

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp senator Jon Makkeynning vafoti munosabati bilan tayyorlangan bayonotni chop etmaslikni buyurgani ma'lum qilindi. Bu haqda Washington Post nashri manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar berdi. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Oq uy xodimlari Makkeyn Vetnam urushi vaqtidagi jasorati, asirda bo‘lgani va AQShga qilgan xizmati uchun maqtalgan bayonot tayyorlashgan.

Biroq Tramp o‘z matbuot Sara Sanders va Oq uy apparati boshlig‘i Jon Kellining bayonotni qo‘llab-quvvatlashiga qaramay, uning o‘rniga oddiy xabar bilan kifoyalanishni afzal ko‘rishini aytgan.

Makkeynning vafotidan keyin Tramp 27 avgustga o‘tar kechasi o‘z ta'ziyasini bildirgan tvitni e'lon qilgan, Oq uyning bu boradagi rasmiy bayonoti esa berilmagan. 

Makkeyn 81 yoshida miya saratonidan vafot etdi. Uning dafn qilinishi marosimi 2 sentabrda Annapolis shahrida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq New York Times nashri Tramp senatorning dafn marosimiga taklif qilinmaganini ma'lum qilgandi. Dafn marosimida vitse-prezident Mayk Pens, AQShning sobiq prezidentlari Barak Obama va Kichik Jorj Bush ishtirok etadi.

Tramp va Makkeyn o‘rtasidagi munosabatlar “havas qilsa arzigulik” bo‘lmagan. Makkeyn Trampni Rossiyaga nisbatan “yumshoq” siyosati uchun tanqid qilib kelgan.

Mavzuga oid