Sport | 20:30 / 27.08.2018
5121
1 daqiqa o‘qiladi

«Jyenoa» muxlislari ko‘prik qulashi qurbonlari xotirasini 43 daqiqalik sukut bilan yod etishdi

Foto: AFP

“Jyenoa” klubi muxlislari Italiya chempionati doirasidagi ilk uy uchrashuvi vaqtida Genuyada ko‘prik qulashi oqibatida halok bo‘lgan 43 kishining xotirasini 43 daqiqalik sukut bilan yod etishdi. Ushbu aksiya 26 avgustda “Empoli”ga qarshi uchrashuvda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mezbonlar foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi.

Tomoshabinlar uchrashuvning 43-daqiqasigacha sukut saqlab, so‘ngra chapak chalib, “Genuya, Genuya” deb hayqira boshlashgan. Shu onda stadiondagi tabloda fojia qurbonlari ismlari keltirilgan ro‘yxat paydo bo‘lgan.

14 avgustda Genuyada “Morandi ko‘prigi” deb ataluvchi ko‘prikning bir qismi qulab tushgan. Voqea vaqtida ko‘prik ustida 30 dan ko‘proq mashina bo‘lgan. Fojia 43 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Ko‘prikning yaqinida yashovchi 600 dan ko‘proq odam boshpanasidan ayrilgan.

Mavzuga oid