Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonaga ishga kiritib qo‘yish uchun 4,8 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda mahkama matbuot xizmati.
Unda fuqarolar A. va B. fuqarolar Sh. va M.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali davlat bojxona qo‘mitasi Farg‘ona viloyati boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga ulardan firibgarlik yo‘li bilan 4800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan A. va B.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025