Jahon | 12:08 / 28.08.2018
11670
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy 2020 yilgacha tug‘ilish bo‘yicha chegarani olib tashlaydi

Foto: AFP

Xitoy parlamenti 2020 yilda qabul qilinadigan fuqarolik kodeksida “oilani rejalashtirish” bandini olib tashlamoqchi, ya'ni bunda oilada tug‘ilish ko‘rsatkichi chegarasi bekor qilinadi.

Dushanba kuni Xalq kongressiga taqdim etilgan Fuqarolik kodeksining yangi bandida “oilani rejalashtirish” degan so‘z olib tashlandi. Bu haqida Kommunistik partiyaning “People’s Daily” nashrida aytildi.

Bu shuni anglatadiki, qonun kuchga kirgandan keyin bir necha o‘n yildan beri amalda bo‘lgan tug‘ilish cheklovlari qo‘llanilmaydi. Kodeksda nikoh bilan bog‘liq barcha munosabatlar aks ettirilgan.  

Shu yilning may oyida Bloomberg agentligi Xitoy hukumati shu yili tug‘ilish chegarasini bekor qilishni rejalashtirgani haqida yozgandi. Bu islohot tarixdagi eng yirik ijtimoiy tajriba bo‘lishi mumkin.

Demografik tendensiyalar Si Tszinpinning Xitoy iqtisodiyotini rivojlantirish, pensiya va sog‘liqni saqlashga sarflanadigan xarajatlarni oshirish va xorijiy kompaniyalarni boshqa joydan ishchi kuchi qidirishga jo‘natish kabi sa'y-harakatlariga bog‘liq. O‘tgan yili Xitoy Davlat Konsulligi 2030 yilgacha aholining chorak qismi 60 yosh va undan yuqori bo‘lishi to‘g‘risida loyihani ishlab chiqqandi. 

Iyul oyida mahalliy OAVda sog‘liqni saqlash tashkilotlari aholi ko‘rsatkichi oshishining moliyaviy tomonlarini o‘rganib chiqayotganliklari haqida xabar berildi. Davlat hukumati bir necha yillardan so‘ng oilada ikkita farzand tug‘ilishiga ruxsat berishi mumkin. 

Mavzuga oid