Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YuNIDO O‘zbekistonga taklif bilan chiqdi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tashkiloti (YuNIDO) bosh direktori Li Yong O‘zbekistonga hamkorlik to‘g‘risida standart asos bitimni imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqish taklifini berdi.
O’zbekiston telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, Yong YuNIDO O‘zbekistonda sanoat loyihalarini amalga oshirish orqali tashkilot faoliyatini kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta'kidladi.
«Biz O‘zbekiston hukumati bilan YuNIDO o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi asosiy umumiy bitimni imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qilamiz», - deya qayd etib o‘tdi Li Yong.
Tashkilot rahbarining ta'kidlashicha, hujjat sanoatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha xizmatlar taqdim etish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi va YuNIDOning mamlakatdagi texnik yordam loyihalarini amalga oshirishga yordam beradi.
O‘zbekiston - bu bitimni imzolash taklif etilgan sobiq SSSR davlatlari orasidagi birinchisidir.
Mavzuga oid
11:38 / 26.05.2025
Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025