O‘zbekiston | 13:05 / 28.08.2018
3178
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Milliy muzey fondi blokcheyn yordamida himoyalanadi

Foto: Alexander Yakimov

Milliy muzey fondi kataloglari elektron ko‘rinishga o‘tkaziladi. Bu haqda prezident qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»da aytilgan.

Bu blokcheyn yordamida amalga oshiriladi. Xabar qilinishicha, bu jahonning eng yaxshi amaliyotlariga mos keladi, katalogga ochiq kirish imkonini beradi va unga ruxsatsiz o‘zgarishlar kiritishdan himoya qiladi.

Muddat - 2019 yilning III choragi. Mas'ul tashkilotlar - Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, mahalliy va xorijiy metsenatlar hamda homiylar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq madaniyat muassasalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda elektron tizim joriy etilishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid