O‘zbekiston | 16:22 / 29.08.2018
13326
2 daqiqa o‘qiladi

2021 yildan kamida bir sutkaga chegarani kesib o‘tganlar alohida hisobga olinadi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli qo‘shimchalar kiritildi.
 
Eslatib o‘tamiz, tashqi sektor statistikasi – to‘lov balansi va xalqaro investitsiya pozitsiyasi, yalpi tashqi qarz va qarzga xizmat ko‘rsatish jadvali, xalqaro zaxiralar, tovarlarning xalqaro savdosi va ayirboshlash kurslarini o‘z ichiga oluvchi ma'lumotlar toifasi. Boshqalar qatori, mamlakatimizga kiruvchi va undan chiquvchi O‘zbekiston va xorijiy davlatlar fuqarolarining soni hisobga olinadi.  
 
Norma’ning yozishicha, server uskunasi modernizatsiya qilingandan keyin DXX Chegara qo‘shinlari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi 2021 yil 1 yanvardan boshlab kamida 24 soatga ketuvchi/keluvchi xorijiy fuqarolar va hamyurtlarimiz soni haqidagi statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.  
 
Ma'lumotlar bir oyda keluvchilar/ketuvchilar umumiy soni haqidagi axborotga qo‘shimcha ravishda tuziladi. Quyidagilar hisobga olinadi:

• safardan maqsad: xizmat, o‘qish, ish, turistik, qarindoshlarnikiga borish, davolanish, doimiy yashash uchun, tijorat, tranzit, boshqalar;
• fuqarolar va xorijiy fuqarolarning jinsi va yoshi tavsifi;
• chegarani kesib o‘tish usuli (aeroport, temir yo‘l, avtotransport), shu jumladan qayerdan kesib o‘tganligi: Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston yoki Qirg‘iziston bilan chegara orqali.  
 
Shunga asosan solishtirma dinamikada turistik xizmatlar (safar) eksporti va importi ko‘rsatkichlari shakllantirilishini ta'minlash vazifasi topshirildi.
 
Hujjat 25.08.2018 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid