Jahon | 22:09 / 29.08.2018
3577
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Irlandiyada 590 kundan beri hukumat shakllantirila olinmayapti

Foto: DW

Shimoliy Irlandiya hukumatsiz 590 kun yashab, dunyo rekordi o‘rnatdi.  

Avvalgi hukumat 2017 yil yanvarda ekologik loyiha sababli tarqab ketgan. Bu orada hukumat ishini tiklashga urinishlar besamar ketmoqda.

Yangi hukumat 1,5 yildan ko‘proq vaqtdan beri tayinlay olinmayapti. Irlandlarni esa ushbu “rekord” uncha ham xursand qilmayapti va ular yirik norozilik namoyishlari o‘tkazishmoqda. Fuqarolar siyosatchilarni oxir-oqibat kelishib, ishga qaytishga chaqirishmoqda.

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining markaziy hukumati ham yuzaga kelgan vaziyatning yechimini zudlik bilan topish lozimligiga qo‘shilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid