Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
13-oltin. Menkov Osiyo o‘yinlarida 4 karra chempion bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi
Bugun Osiyo o‘yinlarining 12-kun musobaqalari o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston vakili eshkak eshish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Vadim Menkov Osiyo o‘yinlarining to‘rt karra chempioniga aylandi. Hamyurtimiz marraga birinchi bo‘lib yetib bordi va yakunda musobaqa g‘olibiga aylandi.
Bu Vadim uchun Osiyo o‘yinlaridagi to‘rtinchi oltin. Bungacha u Doxa, Guanchjou va Incheonda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida chempion bo‘lgan.
U bunday natijaga erishgan birinchi o‘zbek sportchisi bo‘ldi.
Shuningdek, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida 500 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda Dilnoza Rahmatova/Nilufar Zokirova tandemi marraga ikkinchi bo‘lib yetib bordi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025