Sport | 19:53 / 30.08.2018
51478
1 daqiqa o‘qiladi

Hakam nokautdan so‘ng o‘ziga hujum qilgan MMA jangchisini  «bo‘g‘ib oldi»

Hakam Armen Ananyan Qrimda bo‘lib o‘tgan MMA musobaqasida xorvatiyalik Karlo Kaput bilan jang o‘tkazgan Renat Lyatifovga nisbatan bo‘g‘uvchi usulni qo‘llashga majbur bo‘ldi. Mazkur holat tasvirlangan video YouTube’dagi MATCh TUB kanalida joylashtirildi.

Kaput Lyatifovni birinchi zarbadayoq nokautga uchratgach, Renat hakamga hujum qildi va  Ananyan unga nisbatan bo‘g‘uvchi usulni qo‘llashga majbur bo‘ldi.

Xorvatiyalik jangchi faoliyatidagi sakkizinchi g‘alabasiga erishdi. Ukrainalik Lyatifov faoliyatidagi 24-mag‘lubiyatiga uchradi (34 g‘alaba).

Mavzuga oid