Aziz Abduhakimov I Xalqaro Maqom san'ati forumiga tayyorgarlikni ko‘zdan kechirdi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida bo‘lib, birinchi Xalqaro Maqom san'ati forumiga tayyorgarlikning borishini nazorat qildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari KUN.UZ'ga shu haqida xabar berishdi.

Aziz Abduhakimov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining piar-bo‘limi departamenti amalga oshirayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek u sayyohlar yashaydigan mehmon uylarida bo‘ldi va tegishli tavsiyalarini berdi.
Madaniyat vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilayotgan Xalqaro Maqom san'ati forumi shu yilning 6-8 sentabr kunlari Shahrisabzda bo‘lib o‘tadi.
Ta'kidlash joizki, musiqiy festival Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘zbek maqom san'atini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilmoqda.


Mavzuga oid

13:48 / 11.03.2025
2025 yilda O‘zbekistonga 12 mln xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda

09:27 / 11.03.2025
Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

08:12 / 07.03.2025
Toshkentda 4 ta avtomobil o‘zaro to‘qnashdi

16:08 / 31.01.2025