Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» yangi transferini e'lon qildi
Urugvayning «Boston River» klubi himoyachisi Ronald Arauxo faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi.
Katalonlar klubi ushbu 19 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzib, unga 100 million yevro miqdorida badal puli belgilagan.
Arauxoning transferi uchun ko‘k-anorranglilar jamoasi 1,7 million yevro sarflagan, bonuslar hisobiga bu miqdor 5,2 million yevroga yetishi mumkin.
Futbolchi «Barselona B» safida to‘p suradi. Agar u asosiy jamoaga o‘ta olsa, uning badal puli miqdori 200 million yevroga ko‘tariladi.
Arauxo Urugvay yoshlar terma jamoasi sardori hisoblanadi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025