Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chet el fuqarolarini viloyatlarda doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnomani kimlar kirita oladi?
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan belgilab qo‘yilishicha, boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) doimiy propiska qilish mazkur qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxat asosida amalga oshiriladi.
Davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari ushbu shaxslarni lavozimidan ozod qilinganligi, boshqa ishga o‘tganligi yoki pensiyaga chiqqanligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar bermaganlik uchun shaxsiy javobgarligi haqida ogohlantirildi.
Belgilanishicha, boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritish huquqiga:
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatida ko‘rsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar (Toshkent viloyatidan tashqari) hokimlari ega.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish, shuningdek, turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritadi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025