Jahon | 19:44 / 30.08.2018
6769
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Parijda ilk raqamli tasviriy san'at muzeyi ochildi

«Atele de Lyumer» (Atelier des Lumière) — Parijning 11-okrugidagi sobiq po‘lat quyish zavodi binosida ochilgan ilk raqamli tasviriy san'at muzeyi. 3300 kvadrat metrli maydondagi o‘n metrli devorlarda 20-asr boshlaridagi rassomlarning asarlari proyeksiyalari joylashtirildi.

Tashkilotchilar mazkur ko‘rgazmaga muzey yoki galereyalarga muntazam ravishda bormaydigan keng auditoriya tashrif buyurishini ko‘zda tutishgan.  

Proyektsiyalar Vagner, Shopen va Betxoven musiqalari sadolari ostida namoyish etiladi.

Foto: Atelier des Lumière
Foto: Atelier des Lumière
Foto: Atelier des Lumière
Foto: Atelier des Lumière

Mavzuga oid