Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishga va'da berib, pul olgan firibgar ushlandi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, shu yilning 29 avgust kuni Farg‘ona viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limiga fuqaro S.G. ariza bilan murojaat qilgan.
U “Baxtiyor” ismli shaxs 3000 AQSh dollari evaziga Toshkent shahrida rahbarlik lavozimlarida ishlovchi tanishlari orqali uni Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga ishga olib kirib qo‘yishga va'da berib, avvaldan 500 AQSh dollari berishini talab qilayotganligini ma'lum qilgan.
Mazkur arizaga asosan, shu kuni Farg‘ona viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda O‘z xavfsizligi bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro O.B. Marg‘ilon shahridagi “Parhez” oshxonasida fuqaro S.G.dan talab qilingan 500 AQSh dollari hisobidan 300 AQSh dollari va 1 mln. 600 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ushlandi.
Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tezkor tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025