Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlari. Yana ikki o‘zbekistonlik oltin medal uchun o‘zaro kurashadi
Osiyo o‘yinlarida o‘zbek kurashi bo‘yicha musobaqalarda -90 kg vazn toifasidagi oltin va kumush medallar O‘zbekiston vakillariga nasib etadigan bo‘ldi.
Yahyo Imomov yarim finalda qozog‘istonlik Yersultan Muzapparovdan ustun keldi va finalga chiqdi.

Shu vazn toifasida Shermuhammad Jandriyev esa yarim final bahsini kuvaytlik Misri Husaynga qarshi o‘tkazdi va u ham finalga yo‘l oldi.
Endi oltin uchun bahs ikki o‘zbekistonlik sportchi o‘rtasida kechadi.



Qayd etish kerakki, turnir davomida O‘zbekistonning ikki vakili oltin uchun o‘zaro raqobat qilishi ikki marta kuzatildi. Avvaliga kurash bo‘yicha -66 kg vazn toifasida Ma'ruf G‘aybulloyev va Ruslan Bo‘riyev finalda o‘zaro gilamga chiqishgandi.
29 avgust kuni esa o‘zbekistonlik yengil atletikachilar, Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova balandlikka sakrash bo‘yicha oltin va kumush medallarni o‘zaro bo‘lib olishgandi.
Mavzuga oid
16:40 / 14.01.2025
Sport kurashlari assotsiatsiyasida Salim Abduvaliyevning o‘rniga yangi rahbar saylandi
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
10:57 / 25.11.2024
Mo‘g‘ulistonda o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi
08:35 / 24.05.2024