Jahon | 20:26 / 31.08.2018
14382
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar Yupiterda suv borligini aniqlashdi

Foto: JPL-Caltech / Globallookpress.com

Amerikalik olimlar guruhi Yupiterdagi Katta qizil dog‘ deb nomlanuvchi atmosfera bo‘ronida ko‘p miqdorda suv borligini aniqlashdi. Bu haqda EurekAlert! xabar bermoqda.

Tadqiqotchilar Qizil dog‘ni kuzatgan NASA IRTF infraqizil teleskopi va Keck 2 (Gavayi) teleskopi ma'lumotlarini tahlil qilib chiqishdi. Ma'lum bo‘lishicha, bo‘ron uch qavatli bulutdan iborat bo‘lib, ularning eng yuqori qatlami 5-7 atmosfera bosimiga ega. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, u muzlagan suv kristallaridan tashkil topgan deb hisoblash uchun barcha asoslar yetarli.

Agarda 2016 yildan buyon sayyora atmosferasini o‘rganayotgan Juno sayyoralararo xalqaro stansiyasi mazkur kuzatuvlarni tasdiqlasa, u holda Saturn, Uran va Neptundan ham suv qidirish ishlarini boshlash mumkin.

Quyosh tizimidagi eng ulkan atmosfera bo‘roni bo‘lgan Katta qizil dog‘ning uzunligi 40 va eni 13 ming kilometrni tashkil etadi. Olimlar mazkur hodisani so‘nggi 300 yildan buyon kuzatib kelishadi.

Mavzuga oid