O‘zbekiston | 17:51 / 01.09.2018
23802
3 daqiqa o‘qiladi

Chegirmali chipta mashmashasi: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ mish-mishlarga oydinlik kiritdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmonida belgilab berilgan vazifalarni ijrosini ta'minlash maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan yo‘lovchilar uchun bir qator qulayliklar yaratib kelinmoqda.

So‘nggi paytlarda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan joriy etilayotgan chegirmalarning quruq gapligi yoki bo‘lmasa poyezdlarda joylarning yetishmaganligi sababli chiptalarning tanqisligi haqidagi mish-mish gaplar xalq orasida uchrab turibdi. KUN.UZ bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida temir yo‘l vokzaliga borib vaziyatni o‘rgandik. Chiptalar, joylar yo‘q emas bor. To‘g‘ri, bayram kunlari barchamiz oilamiz bag‘riga, do‘stlarimiz davrasiga, sayohatlarga chiqishga oshiqamiz. Bu esa o‘z-o‘zidan chiptalar tanqisligiga, ayniqsa, chegirmali chiptalarga bo‘lgan talabning oshishiga olib keladi.

Tabiiyki bu holatda navbatga turish, chiptalar yetishmasligi vujudga kelishi turgan gap. Chunki safarga otlanmoqchi bo‘lganlarning soni ko‘p, joylar esa chegaralangan. Bunday vaziyatga to‘g‘ri baho berish kerak xolos. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ imkon qadar bu vaziyatni yechishga, fuqarolarimizga yengillik yaratishga harakat qilishmoqda. Shu maqsadda bayram kunlari munosabati bilan qo‘shimcha reyslar qatnovini ham yo‘lga qo‘ygan. Hozirda O‘zbekiston bo‘ylab 20 dan ortiq mahalliy poyezdga hamda Afrosiyob poyezdlariga bayram kunlari uchun 50 foizlik chegirmalar qo‘llanilgan. Agar safarga otlanmoqchi bo‘lsangiz ertaroq harakatni boshlashingiz kerak bo‘ladi.

Temir yo‘l chiptasini temir yo‘l kassalarida yoki vokzallarda sotib olish mumkin, faqatgina ko‘krak nishoni bo‘lgan xizmatchilarga murojaat qilish kerak (chipta kassirlari, vokzal navbatchisi, zal navbatchisi, ma'lumotnomalar berish bo‘yicha agentlar). 

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun 1005 telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.

Mavzuga oid