Yo‘nalishsiz taksilarni boshqarish uchun haydovchilik staji talab etiladimi?

Foto: Dreamstime
Yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan yo‘nalishsiz taksilarni boshqarish uchun ham haydovchilik stajiga ega bo‘lish talab etiladi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan yo‘nalishsiz taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida “V” ruxsat belgisi bo‘lgan, 21 yoshga to‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va kamida uch yillik haydovchi stajiga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi.
Yo‘nalishsiz taksilarning haydovchilari yo‘nalishda ishlayotganda tegishli litsenziya kartochkasiga hamda yo‘lga chiqishdan oldin avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan va haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgilar qo‘yilgan yo‘l varaqasiga ega bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid

14:02 / 29.03.2025
“Tonirovka” uchun jarima: nima o‘zgaryapti?

16:46 / 25.03.2025
Tez yurishga rag‘bat yoxud yana 10 km/h «pogreshnost» haqida

22:55 / 22.03.2025
Tezlikni oshirishga ruxsat, Temu'ga taqiq va eksportga bojlar - hafta dayjesti

15:33 / 21.03.2025