Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umid Ahmadjonov olimpiyachilar muvaffaqiyatsizligi, Superliga formati va asosiy terma jamoa haqida gapirdi
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ayni vaqtda Indoneziyada Osiyo o‘yinlarini yoritayotgan «Kun.uz» muxbiriga intervyu berdi.
MOQ prezidenti hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti hisoblanadigan Ahmadjonov Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik futbolchilarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga munosabat bildirgan.
«Futboldan yuqoriroq natija kutgandik. Jamoaga katta ishonch bildirgandik. Shunchaki omad kelmadi, qolaversa hakamning xatolari mag‘lubiyatga sabab bo‘ldi.
Lekin bu bolalar chempionlikka loyiq edi. Ular borini berib o‘ynashdi. 3:2 hisobida oldinga chiqib olgandik ham. Janubiy Koreya ham finalda o‘ynayotgandek harakat qilishdi. Murabbiyimiz ham to‘g‘ri o‘zgarishlar qila olmadi», degan Umid Ahmadjonov.
Ahmadjonov milliy terma jamoadagi o‘zgarishlarga baho bergan.
«Avval ham aytganimdek Ektor Kuperning ishlariga aralashmayman. Hech kim aralashmaydi. Lekin o‘z takliflarimizni berishimiz mumkin. Kuper olimpiyachilarimizning o‘yinlarini kuzatdi. U yoshlarimizning imkoniyatlarini biladi. Istardimki, u asosiy terma jamoaga yoshlar jamoasidan ko‘proq futbolchi olsin», degan u olimpiyachilar tarkibidan kimlar milliy terma jamoa safiga o‘tishi mumkinligi haqidagi savolga javoban.
Umid Ahmadjonov shuningdek O‘zbekiston Superligasi formati borasidagi savolga javob qaytargan.
«Futbol federatsiyasini qabul qilib olganimda chempionatdagi jamoalar 16ta edi, keyin 12taga kamaytirdik. Kerak bo‘lsa, 8tagacha kamaytirish mumkin. Klublar terma jamoaga xizmat qilishi kerak. Buning uchun klublarni kuchaytirish kerak. Kuchli klublar bir-biri bilan ko‘proq o‘ynashi kerak.
Hozir joriy qilingan format vaqtinchalik. Balki, keyingi yilda boshqa formatni ko‘rib chiqarmiz. Islohotlar davom etadi. Sportda yangilik qilib turilmasa, bo‘lmaydi», degan u.
Mavzuga oid
21:59 / 09.11.2020
Umid Ahmadjonov BAA futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi
20:22 / 13.06.2019
«Qilganlarimiz va qila olmaganlarimiz uchun muxlislar bizdan rozi bo‘lishsin». O‘FAdan ketgan Umid Ahmadjonov bilan intervyu
15:20 / 13.06.2019
Tribuna.uz: Umid Ahmadjonovning o‘rnini Ravshan Ermatov egallashi kutilmoqda
13:58 / 13.06.2019